30.01.2024
53 marta o'qildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov viloyat, shahar va tumanlar sektor rahbarlari, markaziy bank va tijorat banklari rahbarlari hamda boshqa mutasaddilar ishtirokida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, korxonalarni sog‘lomlashtirish, "yashirin iqtisodiyot"ga qarshi kurashish hamda tadbirkorlik uchun kredit bazasini shakllantirishdagi mavjud muammolar yuzasidan muhokama yig‘ilishini o‘tkazdi.

Viloyat prokurori tomonidan bu borada olib borilayotgan ishlar, hududlarda aniqlangan holatlar tahlili o‘qib eshittirildi. Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan sektorlar va tijorat banklari rahbarlarining axborotlari tinglandi. Aholining tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan kredit resurslarini oshirish maqsadida olingan yirik miqdordagi kreditlarning muddatida qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab berildi. Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1811 (https://www.surxondaryo.uz/uz/blog/okimlik-yangiliklari/1811)



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?