...
30.01.2024
73 marta o'qildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Faxriy konsul Xiroyuki Ito hamda savdo, turizm va qishloq xo‘jaligi sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar, investorlar ishtirokida Surxondaryo-Yaponiya biznes forumi o‘tkazildi.

Forum doirasida o‘tkazilgan “B2B” va “B2G” uchrashuvlarida fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sanoat, savdo, turizm yo‘nalishlarida hamkorlik, ko‘mir, neft, tabiiy gaz, tuz, kaliy, gips, rangli metallar va boshqa tabiiy boyliklarni qazib olish, qayta ishlash kabi loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erilishib, shartnomalar imzolandi. Forumdan so‘ng, Yaponiya delegatsiyasi sharafiga rasmiy qabul va madaniy tadbir tashkil etildi. Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1810 (https://www.surxondaryo.uz/uz/blog/okimlik-yangiliklari/1810)



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?