Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumaniga tashrif buyurdi. Tashrif dasturiga ko‘ra mahalla “yettiligi”, korxonalar faoliyati, yangi loyihalar taqdimoti, qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Xususan, ikkita mahalla “yettiligi”, tikuvchilik korxonasi, xususiy klinika hamda eshik va romlar ishlab chiqaruvchi “Imzo” franshiza fabrikasi faoliyati bilan tanishildi. Shuningdek, Sariosiyo aeroportida fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, avtoshohbekat qurish loyihasi taqdimot qilindi.
Tashrif yakunida “Yangi O‘zbekiston” massivida ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish ishlari ko‘zdan kechirilib, tegishli chora-tadbirlar belgilab berildi.