Sariosiyo tumani hokimligi-Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumaniga tashrif buyurib, avtomobil yo‘llarini qurish bo‘yicha loyihalar taqdimoti, ishlarning borishi, “Boysun bahori” festivaliga tayyorgarlik jarayonlari hamda kasb-hunar maktabi faoliyati bilan tanishdi.
...
02.02.2024
121 marta o'qildi

 

Viloyat hududidan o‘tuvchi 4R-105 “Darband-Boysun-Elbayon” va 4R-100 “Mang‘uzor-Jarqo‘rg‘on-Bandixon-Oltinsoy-Denov” avtomobil yo‘lida rekonstruksiya ishlarini sifatli amalga oshirish, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga puxta hozirlik ko‘rish bo‘yicha mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi. Tumandagi 1-son kasb-hunar maktabida nemis tilini o‘qitish, IT dasturlash va grafik dizayn kurslarida tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan suhbat qilinib, “Hunarmandchilik markazi” faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Ma’lumot uchun, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali joriy yil may oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?