...
27.03.2024
96 marta o'qildi

Tuman hokimi Abduqodir Donayev xalq bilan doimiy muloqot olib borish, mahallama-mahalla yurish orqali odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni chuqur o‘rganish va hal qilish maqsadida Subhidam mahallasidagi aholi va yoshlar bilan uchrashdi hamda navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

 

Qabulda, tumandagi tegishli aloqador tashkilot va korxona rahbarlari, Subhidam mahallasi fuqarolari hamda “mahalla yettiligi” ishtirok etishdi.

 

Sayyor qabul jarayonida, tuman hokimi A.Donayev tomonidan mahallada Sayxunobod tajribasini yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning migratsiyada yurgan yaqin qarindoshlari bilan bog‘lanib ularni hushyorlikka chorlash haqida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

 

Qabul davomida, fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaatlar ro‘yxatga olinib,  tegishli tartibda ijroga qaratildi. Murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha muddat belgilanib, mas’ullarga vazifa yuklandi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?