Sariosiyo tumani hokimligi-Soliq xizmati xodimlariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
...
12.08.2024
99 marta o'qildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan 12-avgust “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati organlari xodimlari kuni” etib belgilangan.

 

Shu munosabat bilan, Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev tuman Soliq inspeksiyasi xodimlari bilan uchrashdi va ularni kasb bayramlari bilan samimiy tabriklab, mas’uliyatli va sharafli ishlarida ulkan zafarlar tiladi.

 

Uchrashuv davomida mamlakatimiz iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, davlatimiz budjeti va daromadlarini barqaror shakllantirish hamda aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari uchun bir guruh Soliq xizmati xodimlariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?