https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish hamda ularning sohaga oid bilimlarini oshirish maqsadida Soliq qo‘mitasi tomonidan “Soliq qonunchiligi ” telegram boti ishlab chiqilgan.
Unda soliqqa oid qonunchilik hujjatlari 30 ta asosiy yoʻnalishga ajratilgan. Har bir yoʻnalishni tartibga soluvchi jami 300 dan ortiq qonunchilik hujjatlari bilan lex.uz saytiga yo‘naltirilgan havola orqali tanishish mumkin.
Botning qulayligi shundaki foydalanuvchi sohaga oid yoʻnalishni tanlaganda havola orqali mazkur yo‘nalish bo‘yicha qabul qilingan qonunchilik hujjatining tegishli bandi ochiladi.
Hurmatli soliq to‘lovchilar, botni yanada takomillashtirish maqsadida o‘z takliflaringizni botning taklif qoldirish menyusiga yozishingiz mumkin.