Bugun Sariosiyo tuman hokimligi katta majlislar zalida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo'layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimligi xodimlari, tashkilot va idora rahbarlari, xodimlari ishtirok etdi.
Siyosiy-ma'rifat soatida spikerlar tomonidan Zahiriddin Muhammad Boburning davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi islohotlari, Mahallalarda ish o‘rinlari yaratish va oilalar daromadini ko‘paytirishning yangi tizimi, hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib o‘tildi.
Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.