Tuman hokim Abduqodir Donayev tomonidan tuman Shtabning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazdi. Muhokamada kunlik topshiriqlarning ijrosi yuzasidan tuman hokimining birinchi va sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, aloqador tashkilot va korxonalar rahbarlari mas’ullarning axborotlari tinglandi.
Shuningdek, muhokamada ob-havoning keskin o‘zgarishi tufayli kommunal sohalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, eksport masalasi, yoshlar bilan ishlash, tibbiyot va ta’lim sohasi, soliq tushumlari, muammoli kreditlar bilan ishlash, qurilish, qishloq va suv xo‘jaligi masalalari, murojaatlar bilan ishlash, kommunal xizmatlarning ko‘rsatilishi hamda mavjud qarzdorliklarning so‘ndirilishi kabi masalalari birma-bir tahlil qilindi.
Tuman rahbari belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, loyihalarni muddatida amalga oshirish, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ishlarning sifatli bajarilishi yuzasidan vazifalarni belgilab berdi.