Sariosiyo tumani hokimligi-“Sektor rahbari va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi 2024-yil 21-fevral
...
21.02.2024
173 marta o'qildi

    Sariosiyo tuman Niholzor mahallasidagi 61-sonli umumta’lim maktabida 3-sektor rahbari - tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i M.Amonto‘rayev, tuman hokimining o‘rinbosari A.Qurbonov boshchiligida Yoshlar ishlari agentligi, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda yoshlar ishtirokida “Sektor rahbari va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi.

 

 

    Yoshlar bilan uchrashuvda mamlakatimizda yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, bandligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligini ta’kidlab, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.

    Uchrashuv davomida yoshlarning fikr, maqsad va muammolari tinglandi, ularning turli sohalarda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun imkoniyatlar yaratib berish ta’kidlandi.

    Shuningdek, ochiq muloqot tarzida oʻtgan sayyor qabul davomida yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning ijobiy yechimi yuzasidan tegishli rahbarlarga topshiriqlar berildi va nazoratga olindi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?