4-sektor rahbari - tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i G.Samiyeva tashabbusi bilan tumandagi 3-sonli umumta’lim maktabida uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning “Kurash” turi bo‘yicha sektor rahbari kubogining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sport bilan shug‘ullanadiganlarning sonini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida, sportning “kurash” turi bo‘yicha 4-sektor hududidagi mahallalar yoshlari o‘rtasida “Kurash” musobaqasida 26 kg. dan 52 kg. vaznga ega kurashchilar ishtirok etishdi.
Musobaqa yakunida, qiz bolalar o‘rtasida
1-o‘rinni To‘ychiboyeva Lazizabonu;
2-o‘rinni Rahmonova Ruxshona;
3-o‘rinni Rahmonova Dildora qo‘lga kiritishdi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida 26 kg. vazn bo‘yicha
1-o‘rinni Rahmonov Alibek;
2-o‘rinni Izzatullayev Ahmad;
3-o‘rinni Boboqulov Shuxrat;
3-o‘rinni Abdullayev Idris.
48 kg. vazn bo‘yicha
1-o‘rinni Xasanov Asadbek;
2-o‘rinni Maxmadaliev Begali;
3-o‘rinni Amonov Shoxjahon;
3-o‘rinni Ismoilov Maxsud.
52+kg. vazn bo‘yicha
1-o‘rinni Rajablaiyev Avazbek;
2-o‘rinni Muhammadmurodov Abdulhakim;
3-o‘rinni Ergashov Xurshid;
3-o‘rinni Abdullayev Baxtibek egallashadi.
Musobaqa yakunida g‘oliblar munosib tarzda rag‘batlantirishdi.