Sariosiyo tumani hokimligi-Sektor kesimida Mahalla xotin-qizlar faollari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
...
11.01.2024
177 marta o'qildi

Sektor kesimida Mahalla xotin-qizlar faollari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Bugun, 1-sektor rahbari Abduqodir Donayev rahbarligida sektor hududida joylashgan mahallalardagi xotin-qizlar faollari bilan 2023-yil sarhisobi muhokama qilinib, 2024-yilda amalga oshiriladigan ishlar, xotin-qizlar faollarining “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikdagi vazifalari belgilab olindi.

Uchrashuv davomida, ayollarning jamiyatda ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish,  ularni barcha sohada qo‘llab-quvvatlashga doir islohotlarning mazmun-mohiyati tushuntirilib,  ularni  amalda tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar  berildi.

Xususan, xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishi, munosib ish topishiga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatini to‘g‘ri yo‘naltirish borasida muhim vazifalar aytib o‘tildi.

Shuningdek, xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish lozimligi ta’kidlandi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?