...
08.02.2024
81 marta o'qildi

Tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli "Chilonzor" mahallasi Toqchi qishlog‘ida bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunda xalq bilan uchrashib, joylarga chiqib ularning dardiga quloq tutish, shu orqali aholining roziligiga erishish har bir rahbarning bosh vazifasiga aylangan. Shu maqsadda, Sariosiyo tumani 1-sektor hududida joylashgan “Chilonzor” mahallasi Toqchi qishlog‘ida tuman hokimi Abduqodir Donayevning fuqarolar bilan "Sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda, mahalla fuqarolari ichimlik suvi, uyali aloqa sifatini yaxshilash hamda aholi chorva mollarini boqish uchun yaylov yer maydoni ajratilishi bo‘yicha o'zlarining muammo va takliflari yuzasidan murojaat qilishdi.

Yo‘llangan murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida o‘z yechimini topgan bo‘lsa qolgan vaqt talab etuvchi murojaatlarni bartaraf etish yuzasidan muddat belgilanib, tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?