25-may – yurtimizdagi barcha maktab bitiruvchilari uchun “So‘nggi qo‘ng‘iroq” jarang sochdi. Xususan, tumanimizdagi 89 ta umumta’lim, 2 ta ixtisoslashtirilgan, 1 ta Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangramoqda. Joriy yilda mazkur ilm dargohlarining 9-sinfini 3 ming 591 nafar, 11-sinfini 2 ming 511 nafar o‘quvchi tamomlayapti.
Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev tumandagi 5-sonli umumta’lim maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etib, Prezidentimizning mamlakatimiz maktablari bitiruvchilariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Tuman rahbari bitiruvchilarni maktabni muvaffaqiyatli yakunlayotganliklari bilan tabriklab, yoshlar mamlakatiga aylanib borayotgan Yangi O‘zbekistonimizda yaratilayotgan imkoniyatlarni qadrlashni va ulardan unumli foydalanishni so‘radi hamda katta hayotda o‘z o‘rinlarini topishda oq yo‘l tiladi.
Tumandagi barcha maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari 1, 4, 9 va 11-sinf o‘quvchilari ishtirokidagi bayram dasturlari bilan o‘tkazildi.