Davlatimiz rahbari tomonidan kuni-kecha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, hududlarda “Yashil makon”larni barpo etish vazifasi berilgan edi, bugun “Uzun” davlat o‘rmon xo‘jaligiga tegishli ochiq maydonda tuman hokimi Abduqodir Donayev, sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari va mutasaddilar ishtirokda, 4000 tupdan ziyod manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekish va “yashil belbog‘” yaratish ishlari amalga oshirildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ommaviy ko‘chat ekish tadbiri tuman bo‘yicha amalga oshirilayotgan bo‘lib, bugunning o‘zida 7000 ga yaqin qalamchalar, 4000 mingdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Daraxt ekib-bogʻ yaratish ezgulik va ulugʻvorlik ramzidir.