Sariosiyo tumanida barcha sharoitlarga ega bo‘lgan zamonaviy yangi mehmonxona – “Oqshom Hotel ” foydalanishga topshirildi.
Mehmonxonaning ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi Abduqodir Donayev, sektor rahbarlari , nuroniylar va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirkor Azam Ishonqulov tomonidan o‘z mablag‘i evaziga qurilgan mehmonxona 38 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, xar bir xonanaing o'zida yuvinish xonalari mavjud tarkibida shinam konferensiya zali, oshxona ham mavjud.
Mehmonxonada 6 ta ish o‘rni yaratilgan, Maʼlumot uchun Sariosiyo tumanida ayni paytgacha, katta-kichik hajmdagi 1 dona mehmonxona mavjud bo'lib, "Oqshom Mehmonxonasi" tumanda ikkinchisi xisoblanadi.
Manzil sariosiyo tumani Mehr-Shavqat mahallasi Sariosiyo tuman "Yoshlar bog'i" ro'parasi .