...
20.05.2024
62 marta o'qildi

Sariosiyo tuman Madaniyat uyida O‘zbekiston mahallalar uyushmasining “Mahalla yettiligi” ishini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Ahror Gʻulomov boshchiligida tumandagi “mahalla yettiligi”ning hamkorlikda ishlarni yo‘lga qo‘yishi yuzasidan seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

 

Seminar yig‘ilishida, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh.Boyqulov, tuman hokimi Abduqodir Donayev, sektor rahbarlari, “mahalla yettiligi” ning tuman tashkiloti rahbarlari hamda tumandagi 61 ta mahallalarning yettiligi ishtirok etdi.

 

Xususan, tumandagi “mahalla yettiligi” ishtirokida aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi muammolarni hal qilish, “mahalla yettiligi” hamkorligini ta’minlash hamda “Nodirabegim dasturi” bilan manzilli ishlash va Mahalla platformasiga ombor daftarini kiritish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tushunchalar berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?