Sariosiyo tumanidagi 81-sonli umumta’lim maktabida 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda, tuman hokimi Abduqodir Donayev, Milliy gvardiya, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, mahalla faollari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi.
Sariosiyo tumanidagi ixtisoslashtirilgan va umumta’lim maktablarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijodkor yoshlarni kashf qilish borasida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.