Surxondaryo viloyatida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida turli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilayotgan bo‘lib, navbatdagi shunday tadbirlar bugun Sariosiyo tumani Madaniyat uyida o‘tkazildi.
Ushbu targ‘ibot tadbiri, tuman hokimi Abduqodir Donayev, sektor rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi, viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi mas’ullari, tuman IIB, Davlat tashkiloti va idoralari, huquq-tartibot organlari rahbarlari va xodimlari, “mahalla yettiligi” faollari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida, hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarimiz firibgarlik, o‘g‘rilik va boshqa shu kabi jinoyatlar qurboniga aylanib qolayotganligi haqida so‘z yuritilib, ushbu jinoyat qurboniga aylanmaslik uchun amal qilishi va har xil aldovlarga ishonmasliklari tushuntirildi.
Hurmatli fuqarolar, agarda Sizda ham shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa darhol 102 yoki 1102 ishonch raqamlariga murojaat qiling!