Yildan yilga aholi sonining o‘sishi va iqtisodiyotning jadal rivojlanishi natijasida suvga bo‘lgan talab ortib bormoqda.
BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, 2050 yilgacha bo‘lgan davrda suvga bo‘lgan global talab 55 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda Ma’lumki, eng ko‘p suv talab etiladigan sohalardan biri, shubhasiz, qishloq xo‘jaligidir. Demakki, suv taqchilligi muammosi yuzaga kelayotgan bir vaqtda undan oqilona va tejagan holda foydalanish darkor.
– Sariosiyo tumanida asosan Xufar, G.Xidirov, I.Diyorov, Toqchiyon, Bobur, Dashnobod, Sariosiyo, S.Kassirov, So‘fiyon va Do'stlik hududlaridagi kanallar betonlashtirilishi ko‘zda tutilgan.
Ayni paytda boshqa hududlarda bo‘lgani singari So‘fiyon hududida ham ichki kanalni qazish, tozalash, betonlashtirish, bahor mavsumiga tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Shunga ko'ra, tuman hokimi Abduqodir Donayev tomonidan betonlash ishlarini sifatli olib borish, joriy yilda belgilangan betonlash ishlarini muddatida yakunlash hamda mavsumiga shay holatga keltirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
– tumanda 2024-2025 yillarda 110 km. uzunlikdagi ichki sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar tumanda 2,5 km. uzunlikdagi ichki sug‘orish tarmoqlari betonlashtirildi.
Ayni kunlarda tumandagi barcha klaster va fermer xo‘jaliklari hisobidagi ichki sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Bu kabi tadbirlar natijasida tumanimizda samarasiz isrof bo‘layotgan suvdan oqilona foydalanish evaziga 7911 gektar yer maydonlarida suv ta’minoti yaxshilanadi.
Albatta, suv sarfining kamayishi natijasida ekin yerlariga suvning ko‘p miqdorda yetib borishiga, fermer xo‘jaliklarining hosildorligi va daromadini oshirish bilan birga aholi tomorqa maydonlarini sug‘orishga imkoniyat yaratiladi.