Bugun, tuman Madaniyat uyida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan konsert dasturi va mushoira kechasi o‘tkazildi.
Tadbirda, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, o‘qituvchilar, yozuvchilar, shoirlar, talaba va o‘quvchilar ishtirok etishdi.
Shoirlar va talaba-yoshlar Alisher Navoiy g‘azallaridan namunalar o‘qidi. Tuman Madaniyat bo‘limi san’atkorlari “Alisher Navoiy” spektaklidan parchalar namoyish etdi. Buyuk shoir g‘azallari asosida yaratilgan kuy-qo‘shiqlar kuylandi.
Tadbir davomida,Hazrat Navoiyning hayoti, boy madaniy merosi va bugungi kundagi qadr-qimmati xususida fikr yuritildi.
Yakunda g'oliblar hamda faol ishtirokchilar tuman tashkiliy qo‘mitasining esdalik sovg‘asi va faxriy yorlig'i bilan taqdirlandi.