Inson uchun fuqarolik pasportiga ega bo‘lish eng katta g‘urur tuyg‘usini baxsh etadi. Prezidentimizning tegishli Farmoni bilan mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida fuqaroligi bo‘lmagan, boshqa davlat fuqaroligini olmagan, yurtimizda muqim yashab kelayotgan, iltimosnomalar bilan murojaat qilgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi. Xususan, ular orasida 9 nafar sariosiyoliklar ham bor.
Bugun tuman hokimligida Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev, sektor rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan tumandoshlarimizga fuqarolik pasportlari – ID kartalarni tantanali topshirdi.