Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 1-sektor hududida otaliqqa olingan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ijtimoiy masalalarini ijobiy hal etish maqsadida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.
Tadbirda Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi qo'mondonlik boshlig'i palkovnik Po'lat Sotvoldiyev, Sariosiyo tuman hokimligi, tuman mudofaa ishlari bo'limi vakillari, 1-sektor hududidagi 21 mahalla yoshlari va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Uchrashuvda dastlab, Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar, oliy harbiy taʼlim muassasalariga saralash bosqichlari va harbiy xizmatchilarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, yoshlarga yot gʻoya va qarashlarning salbiy taʼsiriga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish borasida tegishli maslahatlar berildi.