Sariosiyo tumani prokuraturasida tuman hokimi Abduqodir Donayev, tuman sektor rahbarlari, tijorat banklari rahbarlari hamda boshqa mutasaddilar ishtirokida “yashirin iqtisodiyot”ga qarshi kurashish hamda tadbirkorlik uchun kredit bazasini shakllantirishdagi mavjud muammolar yuzasidan muhokama yig‘ilishini o‘tkazdi.
Unda, tuman prokurori tomonidan bu borada olib borilayotgan ishlar, hududlarda aniqlangan holatlar tahlili o‘qib eshittirildi. Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tijorat banklari rahbarlari va mas’ullarning axborotlari tinglandi.
Aholining tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan kredit resurslarini oshirish maqsadida olingan yirik miqdordagi kreditlarning muddatida qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab berildi.
Yig‘ilishda, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bilan birga, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar rejalashtirib olindi.