Sariosiyo tumani hokimligi-Sariosiyo tumanida navbatdagi mehnat yarmarkasi Sangardak mahallasida bo‘lib o‘tdi.
...
04.07.2024
71 marta o'qildi

Davlatimiz rahbarining videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Sariosiyo tumani hokimligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tashabbusi Sangardak mahallasida bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

 

Bugungi mehnat yarmarkasida, 16 dan ortiq korxona va tashkilotlar 275 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.

 

Yarmarkada 38 nafardan ortiq fuqarolar yarmarkada ishtirok etishdi. Shundan, 3 nafari doimiy va 21 mavsumiy haq to‘lanadigan jamoat ishlariga joylashtirilib yo‘llanma berildi, 4 nafar yoshlarga tadbirkorlik ishlarini boshlash uchun asbob-uskunalar olish uchun hujjatlar rasmiylashtirildi hamda 30 nafar fuqarolarga mehnat qonunchiligi bo‘yicha tushunchalar berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?