Respulika ishchi guruhi a'zosi, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i Q.Ibrohimov, viloyat prokurorning o'rinbosari R.Turdiyev tomonidan Sariosiyo tumanida qish mavsumini betalafot oʻtkazish hamda energo-resurslarni iqtisod qilish borasida oʻrganish ishlari davom ettirilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy soha obyektlari, koʻp kvartirali uylarni qish mavsumiga tayyorgarligi, omborlar zaxiralarining mavjudligi oʻrganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli topshiriqlar berilmoqda.
Bundan tashqari, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish va iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha Sariosiyo tuman shtabi faoliyati oʻrganildi hamda mas’ullarga topshiriqlar berildi.