Sariosiyo tumani hokimligi-Sariosiyo tumanida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish masalalari muhokama qilindi
...
19.10.2024
38 marta o'qildi

Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Gʻ.Xoʻjamqulov, tuman sektor rahbarlari hamda profilaktik inspektorlari ishtirokida oʻtkazilgan muhokama yigʻilishida sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan profilaktika inspektorlarining hisoboti tinglandi.

 

Yigʻilishda, Jinoyatlarning sabablari, kelib chiqish omillari tahlil qilinib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida profilaktika inspektori tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tanqidiy koʻrib chiqildi.

 

Muhokamada, kelgusida “fuqarobay”, “oilabay” va “xonadonbay” tizimi, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida keng qamrovli profilaktik tadbirlarni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratish lozimligi yuzasidan aniq koʻrsatma va topshiriqlar berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?