Sariosiyo tumani hokimligi-Sariosiyo tumanida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni keng nishonlandi
...
07.03.2024
114 marta o'qildi

Sariosiyo tumanida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni keng nishonlandi

 

Sariosiyo tumanidagi “Yakkasaroy” tantanalar saroyida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tumanning asosiy bayram tantanalari tashkil etildi. Bu yilgi bayram tadbiri har yilgidan o‘zgacha va keng qamrovda o‘tkazildi.

 

Tadbirda tuman hokimi Abduqodir Donayev ishtirok etib, jamiyatimiz gultojlarini bahorning ilk ayyomi – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabrikladi. Vatanimiz taraqqiyoti, tumanimiz rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissasi haqida atroflicha fikr yuritdi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarni e’zozlab, jamiyatdagi roli va mavqeyini oshirish davlatimiz belgilab olgan siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani qayd etildi.

Tumanda 108 ming xotin-qiz istiqomat qilmoqda. Ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlab, har taraflama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va manzilli hal etish maqsadida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 5 ming 295 dan ortiq xotin-qizlarga manzilli yordam ko‘rsatildi. Xususan, 50 nafar uy-joysiz xotin-qizlar uy-joy bilan ta’minlandi. 40 nafar xotin-qizlarning oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishlari uchun 1 mlrd. 39 mln. so‘mlik shartnoma pullari to‘lab berildi. Shuningdek, 175 nafar xotin-qizlarga oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida jami 2 mlrd. 625 mln. so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.

Davlat boshqaruvining turli sohalarida faoliyat olib borayotgan rahbarlik salohiyati va qobiliyatiga ega bo‘lgan 90 nafar xotin-qizlardan zaxira kadrlar shakllantirilib, ulardan 2 nafari Davlat boshqaruv akademiyasida “Rahbar ayollar maktabi” o‘quv dasturi asosida o‘qitildi.

Bayram tadbirida viloyatimizda ko‘zga ko‘ringan san’atkorlar tomonidan ijro etilgan ona, tinchlik, bahor, mehr-muhabbat va sadoqatni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar barchaga bir olam quvonch ulashdi.

 



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?