Ochilish marosimida, Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev, sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, soha mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari vakillari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Ushbu avtoshoxbekat ochilishi - tuman aholisi va mehmonlariga qulaylik yaratish bilan bir qatorda, tuman markazidagi tirbandlikni oldini olish hamda yo‘lovchilarning uzog‘ini yaqin qilish, shuningdek tuman hududida, boshqa tuman va shaharlarga harakatlanish uchun avtobus hamda yengil avtomashinalar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Jumladan,
Sariosiyo - Uzun
Sariosiyo - Dashnobod;
Sariosiyo bozori - Chorvo mahallasi
Denov - So‘fiyon (Sariosiyo orqali)
Sariosiyo - Termiz
Sariosiyo - Toshkent yo‘nalishlarida qatnovlar yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.