“Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!”
Navro‘zi olam sariosiyoliklarga o‘zgacha shukuh, shodu-xurramlik bag‘ishlamoqda
Navro‘z bu tinchlik, totuvlik, farovonlik bayrami. Millati, dinidan qat’iy nazar, shu yurtda yashayotgan barcha millatlar, elatlar uchun birdek sevimli ayyom.
Dilga orom beruvchi mumtoz navolar, folklor-etnografik jamoalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, raqslar, unga hamohang tarzda o‘tmishdagi ajdodlarimizning turmush tarzi va yorug‘ orzu-umidlari, intilishlarini aks ettirgan chiqishlar barchani mahliyo etadi.
Sariosiyo tumani ahliga xalqimizning eng qadimiy bayrami Navro‘zi olam bu yil o‘zgacha shukuh, shodu-xurramlik bag‘ishlamoqda.
Mahalla va qishloqlarda bayram sayillari davom etmoqda. Joylarda yangi inshootlarga tamal toshi qo‘yilib, ulkan bunyodkorlik ishlari boshlanmoqda. Mehr-oqibat, xayr-saxovat, bag‘rikenglik singari yuksak insoniy fazilatlarimiz keng namoyish etilib, ehtiyojmand oilalarga moddiy-ma’naviy ko‘mak berilmoqda.