Sariosiyo tuman hokimligida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan apparat xodimlari ishtirokida “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” shiori ostida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar tomonidan yozilgan insholar mutaxassislar tomonidan munosib deb topilib, g‘oliblar “Eng yaxshi insho muallifi”, “Eng yaxshi kreativ fikr sohibi” va “Eng chiroyli husnixat sohibi” nominatsiyalari bo‘yicha Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.