Ob-havoning keskin o‘zgarishi tufayli kommunal sohalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida Sariosiyo tumani hokimligida uzluksiz navbatchilik shtabi tashkil etilgan.
Hurmatli fuqarolar, o‘z murojaatlaringizni mutasaddi rahbarlardan tashkil topgan shtab a’zolariga yetkazishingiz mumkin.
Shtablarning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.
Murojaat uchun telefonlar:
Sariosiyo tumani hokimligi shtabi:
(76)-487-63-17