...
26.03.2025
0 marta o'qildi

Go‘zal va betakror yurtimizda Navro‘z shukuhi kezmoqda. Bu yilgi yasharish va yangilanish bayrami – Navro‘zi olam har bir mahallada, qishloqda, qolaversa, ko‘chada “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida yuqori saviyada keng nishonlanmoqda.

 

Sariosiyoliklar bu yilgi Navro‘zi olamni ko‘tarinki kayfiyatda kutib oldi. Xususan, chegaraoldi hisoblangan tumanning “Galabutta”, “Turmushobod”, “Diydor” mahallalari aholisi uchun bugun 45-sonli umumta’lim maktabida milliy taomlar va kiyimlar, hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmalari, milliy o‘yinlar namoyish etildi.



Navro‘zi olam nafaqat o‘zbek xalqining, balki yurtimizdagi barcha millat va elatlarning ham sevimli bayramiga, xalqlar do‘stligi hamda birodarligini mustahkamlovchi vositaga aylangan, – deydi Respublika Tojik milliy madaniy markazi Sariosiyo bo'linmasi rahbari A.Safarov .

 

– Zero, ezgulik ramzi bo‘lgan bu bayram shunchaki ommaviy tadbir emas, balki turli millatlarga ma’naviy quvvat beruvchi, ularni bir-biriga jipslashtiruvchi, ular qalbida muqaddas Vatan tuyg‘usini mustahkamlovchi bebaho qadriyatdir.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?