Maʼlumki, hukumat qarorlari bilan sektor rahbarlari mahallalardagi profilaktika inspektorlari bilan uchrashib, ularning fikr-mulohazalarini hamda muammolarini davomli tinglab borishi belgilangan.
Sariosiyo tuman hokimligi katta majlislari zalida,Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, kelgusida xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonunbuzilish holatlarini aniqlash va barvaqt oldini olish maqsadida, sektor rahbarlari tumani IIB xodimlar bilan “Intizom oyligi” doirasida uchrashuv bo lib o‘tdi.