Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayevning har hafta bo‘lib o‘tadigan fuqarolar qabulidan tashqari mahallalarda sayyor qabullar, aholi va yoshlar bilan uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tmoqda.
Jumladan, bugungi sayyor qabul tumanning tog‘li hududi hisoblangan Kundai Juvoz qishlog‘ida o‘tkazildi. Qabulda Turmushobod mahallasi faollari hamda Kundai Juvoz qishlog‘i fuqarolari ishtirok etishdi.
Sayyor qabul davomida, fuqarolar tomonidan kadastr, sport maydonchasi qurish va soliq to‘lovlari yuzasidan yo‘llangan murojaatlar ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda ijroga qaratildi.