Assalomu-alaykum, aziz ustozlar, murabbiylar!
Eng avvalo barchangizni 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami bilan chin qalbimdan tabriklab, Sizlarga sog‘lik-salomatlik, baxt saodat va eng ezgu niyatlarni bildirishga ijozat bergaysizlar.
O‘qituvchi – dunyodagi eng e’zozli, ehtirom va e’tiborga loyiq, qalblarga yaxshilik, ezgulik, komillik olib kiruvchi muborak kasb egasidir.
Biz, ota-onalar o‘zimizning eng katta boyligimizni – aziz farzandlarimiz kelajagini siz, muhtaram ustozlar qo‘liga ishonib topshirganmiz.
Ustozlarimiz yoshlarga ilm, bilim berish bilan bir qatorda barkamollik sari yetaklaydilar. Ustoz har bir insonning kelajagi uchun tamal toshini qo‘yishda muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham xalqimizning “ustoz otangdek ulug‘” degan purhikmat naqlida o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan samimiy ehtirom namoyon.
Kuni kecha hammamiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga yuborgan bayram tabrigini eshitdik.
Ushbu ma’ruzadan kelib chiqib ta’lim tizimini yanada rivojlantirish masalasini Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshiradigan eng asosiy vazifalarimizdan biri sifatida belgilab olishimiz, yanada ko‘proq, fidoyilik bilan ishlashimiz, yosh avlodni tarbiyalash yo‘lida bor kuch va bilimimizni safarbar etishimiz talab etilmoqda.
Bu ishlarda siz fidoyi o‘qituvchilarga kuch g‘ayrat tilab qolaman. Hurmatli yurtboshimizning kechagi tabrigida shunday so‘zlar bor “Barchamizga ayonki, muallimning obro‘-e’tibori – bu avvalo millatning, butun xalqning obro‘-e’tiboridir. Shu bois, biz keyingi yillarda o‘qituvchi va murabbiylarning jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirish, ta’lim tizimini zamon talablari asosida tashkil etish bo‘yicha ulkan islohotlarni amalga oshirmoqdamiz.
Sport murabbiylarimiz tomonidan tarbiyalayotgan sportchilarimiz tomonidan qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarni son shunchalik ko‘pki, qaysi birini gapirishni o‘zi mushkul.
Yangi O‘zbekistonni uchinchi Renessans - uyg‘onish davri farzandlari tarbiyasida ulkan mas’uliyat sizning va bizning zimmamizda ekani bu yangi ostonaga yangi qadamdir.
Yangi O‘zbekistonni yaratishda siz tarbiya berayotgan yoshlar albatta yaratishi va jahonga tanitishi lozim. Bu ishlaringizga sizga omad yor bo‘lsin aziz ustoz va murabbiylar.
Sizlarni, sizlar orqali barcha tumanimiz o‘qituvchi va murabbiylarini ushbu bayram bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.
Hurmat bilan Sariosiyo tuman hokimi: DONAYEV ABDUQODIR HAYDAROVICH