Uchrashuvda, Abduqodir Donayev Prezidentimiz tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash, sifatli ta’lim bilan qamrab olish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom fikrlashlariga zamin yaratish bo‘yicha vazifalar belgilab berilganini ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuvda yoshlar bilan yaqindan suhbatlashib, ularning istaklari va muammolari tinglandi. Yoshlar tomonidan bildirilgan barcha taklif va mulohazalar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qo‘yishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, yoshlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, ular bilan individual ishlashni jadallashtirish, jamiyatdan ajrab qolgan, hayotda o‘z o‘rnini topolmayotgan, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan yoshlarni faol hayotga qaytarish masalasiga alohida ahamiyat qaratilmoqda.