Sariosiyo tumani hokimligi-Sariosiyo tuman hokimi A.Donayevning navbatdagi fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi
...
08.10.2024
44 marta o'qildi

Sariosiyo tumani hokimligi katta majlislar zalida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Abduqodir Donayev, sektorlar rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sariosiyo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudirasi O.Jo‘rabekova, tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

 

Qabulda ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoya, davolanish uchun yo‘llanma, subsidiya ajratish kabi masalalarda murojaat qilib kelgan 25 nafar fuqarolarning murojaatlari koʻrib chiqildi.

 

Qabul davomida fuqarolar tomonidan berilgan har bir murojaatlar batafsil o‘rganilib, ijobiy hal etilishi va qonun doirasida o‘rganilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?