Dastlab, tuman hokimi 2023-2024 yillarda tumanda amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yilda rejalashtirilgan ishlar haqida ma’lumot-hisobot taqdim etdi.
Tuman hokimi tomonidan mas’ullarga, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi asosida ishlarni tashkil qilish, soliq tushumlarini undirish, elektr energiya va tabiiy gazni iqtisod qilish borasida tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tuman hokimi tomonidan Yangihayot mahallasidagi 9-sonli umumta’lim maktabi, mahalla tibbiyot punktini hamda hududdagi nodavlat maktabgacha ta’lim musassasining kuz-qish mavsumiga shayligi hamda yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.