Sariosiyo tumani hokimligi-Sariosiyo tuman hokimi, 1-sektor rahbari tumanning Nurobod mahallasida aholi vakillari bilan uchrashdi hamda navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
...
18.11.2024
17 marta o'qildi

Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev xalq bilan doimiy muloqot olib borish, mahallama-mahalla yurish orqali odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni chuqur o‘rganish va hal qilish maqsadida Nurobod mahallasidagi 12-sonli umumta’lim maktabida aholi vakillari bilan uchrashdi hamda navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

 

Dastlab, tuman hokimi 2023-2024 yillarda tumanda amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yilda rejalashtirilgan ishlar haqida ma’lumot-hisobot taqdim etdi.

 

Jumladan, ota-onaning farzand tarbiyasidagi o‘rni, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, elektr energiya va tabiiy gazni iqtisod qilish hamda is gazidan zaharlanishni oldini olish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

 

Shundan so‘ng, fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaatlar ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda ijroga qaratildi. Murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha muddat belgilanib, mas’ullarga vazifa yuklandi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?