Dastlab, tuman hokimi Abduqodir Donayev rahbarligida mahalla yettiligining faoliyati yuzasidan Gulobod mahallasida mahalla faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda, “Mahalla yettiligi” mas’ullarining hisobotlari tinglandi. Shu qatorda, mavjud muammolar, kamchiliklar hamda yil yakuniga qadar belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan ma’lumot berib o‘tishdi.
Jumladan, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi asosida ishlarni tashkil qilish, soliq tushumlarini undirish, elektr energiya va tabiiy gazni iqtisod qilish borasida mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, mahalla binosida yaratilgan sharoitlar o'rganilib, 2023-2024 yillarda tumanda amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yilda rejalashtirilgan ishlar haqida ma’lumot-hisobot taqdim etdi.