Issiq jonmiz, tibbiy xizmatga ehtiyoj sezganimiz hamono, shifokor ko‘rigiga shoshamiz. Tibbiy ko‘rikdan so‘ng kerakli muolajalar olib, sog‘ligimizni tiklaymiz. Ammo shifokor ko‘rigiga bora olmaydigan, borsa-da, muolaja uchun imkoniyati yetmaydigan oilalar ham afsuski bor.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi va uning Sariosiyo tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, mahallalardagi ijtimoiy xodimlar fuqarolar muammolari o‘rganilganda, bugungacha dori-darmonga muhtoj ana shunday 75 ta oila muammolari o‘rganib chiqilgan.
Sharg‘un shahar poliklinikasida ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar va bolalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun malakali shifokorlar tomonidan bepul tibbiy ko‘rik va tekshiruvlar tashkil etildi, jumladan, fuqarolarga tibbiy maslahat va davolanishlari uchun yo‘llanmalar berilib, 32 turdagi dori-darmon vositalari bilan ta’minlandi.