Sariosiyo tumani hokimligi- “Salohiyatli kadrlar rezervi”ga kiritilgan hokim yordamchilarini rahbarlikka tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv-amaliy seminar boshlandi
...
31.01.2024
81 marta o'qildi

 “Salohiyatli kadrlar rezervi”ga kiritilgan hokim yordamchilarini rahbarlikka tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv-amaliy seminar boshlandi

Davlat boshqaruvi akademiyasida respublikaning 14 ta hududidan saralab olingan 90 nafar hokim yordamchilari uchun maxsus o‘quv kursi boshlandi. O‘quv-amaliy seminar hokim yordamchilarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi bilimlarini oshirish, shaxsiy va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. Shuningdek, tinglovchilar uchun O‘zbekistonda kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmatida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat xizmatida korrupsiyaga qarshi kurashish, diplomatik protokol va xizmat etiketi, muloqot va muomala madaniyatini shakllantirish bo‘yicha treninglar o‘tkaziladi. Joriy yilning 3-fevraliga qadar davom etadigan o‘quv yakunida nomzodlarning olgan bilimlari va salohiyatlarini aniqlash maqsadida test va suhbat tashkil etiladi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?