Ijtimoiy tarmoqlarda “Sariosiyo tumani, “Jannatmakon” MFY, Kichikko‘l qishlog‘ida yashovchi fuqaro mahalladagi ayrim uy egalarining ko‘cha yerlarini egallab olishlari tufayli yo‘llarning kengligi turli hajmga kelib qolgani” sarlavhasi ostida tarqalgan videomurojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
Murojaat, tuman hokimligida tuzilgan ishchi guruhi tomonidan joyiga borgan holda muallif ishtirokida atroflicha o‘rganib chiqildi.
O‘rganishda, Jannatmakon mahallasi, Gulyuz ko‘chasida yashovchi fuqarolar tomonidan qurilgan devor to‘siqlar va o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilishlar mavjudligi aniqlangan.
Shunga ko‘ra, ishchi guruh tomonidan fuqarolar o‘rtasida noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish va qisqa muddatlarda o‘z ixtiyori bilan buzib olishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan hamda og‘zaki ogohlantirilib, dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Bundan tashqari, fuqarolar bilan hududdagi ichki ariqni mustahkamlash va betonlash ishlarini amalga oshirish orqali ichki yo‘lni kengaytirishga erishish mumkinligi haqida kelishib olinganligi to‘g‘risida ma’lum qilinadi.
Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.