Ijtimoiy tarmoqlarda “Sariosiyo tumani hokimi 873-sonli qarori bo‘yicha yer ijara shartnomasi tuzilmayotgani, “Surxon zotdor otlari” FX Oliy sud qarori bo‘lsa-da, ijrosini bajarmasdan oilaviy barpo qilingan 14 gektar bog‘ni tortib olayotganidan arz qilinganligi” sarlavhasi ostida qilgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
Murojaat, tuman hokimligida tuzilgan ishchi guruhi tomonidan o‘rganib chiqildi.
O‘rganishda, S.Qurbonovning tuman hokimi yer uchastkasi ijara shartnomasini rasmiylashtirmayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati yuzasidan “Surxon-Zotdor-Otlari” fermer xo‘jaligi rahbariga Sariosiyo tuman hokimligi va “Surxon-Zotdor-Otlari” fermer xo‘jaligi o‘rtasida ijara shartnomasi tuzish majburiyatini yuklash uchun sudga murojaat qilish huquqi tushuntirilganligi haqida ma’lum qilinadi.