riosiyo tumanida To‘palang daryosi bo‘yiga kanalizatsiya quvurlari tortilgan bo‘lib, undagi kanalizatsiya suvi daryoga oqizib yuborilayotgani ta’kidlangan shuningdek, daryo bo‘yi atrofi chiqindixonaga aylanib qolgan ” sarlavhasi ostida murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
Mazkur murojaat, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Sariosiyo bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqilgan.
O‘rganishda, tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli oqova suv tozalash inshootidan chiqayotgan oqova suvlar Sariosiyo tumani hududidan oqib o‘tuvchi “To‘palang” daryosiga oqizilayotganligi yuzasidan Sariosiyo tuman SEO va JS bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi hamda ushbu holatlarni bartaraf etish yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasiga tegishli ko‘rsatmalar berildi, shuningdek, ushbu holatni to‘liq bartaraf etish yuzasidan Tibbiyot birlashmasidan hosil bo‘layotgan oqova suvlarni Sariosiyo tumanida yangidan tashkil etilayotgan oqova suv tozalash inshootiga ulash taklifi berilgan.
Bundan tashqari, Sariosiyo tumani hududidan oqib o‘tuvchi “To‘palang” daryosi bo‘yida to‘planib qolgan har xil turdagi chiqindilarni maxsus texnikalar yordamida olib ketilib, noqonuniy chiqindixona to‘liq bartaraf etildi hamda tuman Ekologiya bo‘limi xodimlari tomonidan ushbu hudud doimiy nazoratga olinganligi haqida ma’lum qilinadi.