Sariosiyo tumani hokimligi-RASMIY MUNOSABAT
...
28.05.2024
85 marta o'qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Sariosiyo tumani hokimligi tomonidan “Bahrulloi Rustam Chorvador” xususiy korxonasi bilan 4 dona qimmatbaho smartfon (iPhone 13 Pro Max) sotib olish uchun zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 72 mln. so‘mlik shartnoma tuzilib, to‘lovlar amalga oshirilgani” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

 

O‘rganishda, tuman hokimining 2023-yil 19-yanvardagi 8-8-116-F/23-sonli farmoyishga asosan tuman mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 2022-yilning 10-dekabr Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bayram tadbiri munosabati bilan, 30-sonli oldi-sotdi shartnomaga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma qilinib, tumandagi bir qator faol qishloq xo‘jaligi xodimlarini rag‘batlantirish maqsadida tuman hokimligi xarid komissiyasi tarkibi tuzilgan va 27.01.2023-yil 2-sonli bayonnoma bilan tasdiqlanganligi, shuningdek “Bahrulloi Rustam chorvador” xususiy korxonasi eng arzon yetkazib beruvchi pudratchi tashkilot deb aniqlanib ushbu korxona bilan shartnoma tuzilib telefonlar (iPhone 13 Pro Max) oldi-sotdisi amalga oshirilganligi aniqlangan.

 

Shunga ko‘ra, tuman hokimligi xo‘jalik mudiri M.Berdiyev tomonidan 27.01.2023-yil 30/1-sonli ishonchnomaga va 30.01.2023-yildagi 30/01-sonli hisob fakturaga asosan qabul qilinib, Qishloq xo‘jaligi xodimlar kuni tadbirida tumandagi bir qator faollarga sovg‘a tariqasida rag‘batlantirilganligi haqida ma’lum qilinadi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?