O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.
Mazkur qarorga ko‘ra, joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 30-mart – yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinib, mamlakatimizda 2025-yil 30-mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanishi belgilandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq, ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi Ramazon hayitining birinchi kuni 2025-yilda yakshanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 31-mart – dushanba kuniga ko‘chirildi.