Sariosiyo tumani hokimi A.Donayev, viloyat hokimining o‘rinbosari A.Amirov, tuman sektor rahbarlari va mas'ullar tumanning Lutfkor mahallasidagi “Yangi O‘zbekiston massivi”da qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joy, binolar qurilishida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
Quruvchi tashkilotlar hamda qurilish obyektlarida mavjud muammolar o‘rganilib, mas'ullarga qurilish normalariga qat’iy rioya qilgan holda mahalliy qurilish materiallardan foydalanish va xonadonlarning tannarxini tushirish lozimligini ta’kidladi.