Sariosiyo tumani hokimligi-Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni jadallashtirish yuzasidan muhim vazifalarni belgilab berildi
...
05.09.2024
23 marta o'qildi

Sariosiyo tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Abduqodir Donayev, viloyat Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati boshlig‘i Davron Tangriyev, qishloq va suv xo‘jaligiga mas’ul rahbarlar hamda tumandagi fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Yig‘ilishda, tuman hokimi tomonidan mas’ullarga milliy boyligimiz bo‘lgan paxta hosilini nes-nobud qilmasdan, qisqa muddatlarda yig‘ib-terib olish, mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish, bunda barcha kuch va vositalarni safarbar qilish yuzasidan fermer xo‘jaliklari rahbarlariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, agrotexnik tadbirlarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?